Shaxmat taxtasi ustida kechgan murosasiz bellashuvlar hayʼat aʼzolari tomonidan kuzatib borildi. Qizgʻin bahslardan soʻng ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti oʻqituvchisi Yoqutxon Erkaboyeva shohsupaning yuqori pogʻanasiga koʻtarildi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Dilobar Mamatova ikkinchi, “Klass” gazetasi muxbiri Gulyara Oʻrinboyeva uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Erkaklar oʻrtasida dona surgan faxriy jurnalist Asror Moʻmin birinchi oʻrinni egalladi. “Mushtum” jurnali bosh muharriri Nosirjon Toshmatov ikkinchi, “Sport” telekanali bosh mutaxassisi Nodir Yaxshiyev uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Musobaqa gʻolib va sovrindorlariga Uyushmaning Toshkent shahar boʻlimi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi. Ular ayni paytda oʻtkazilayotgan shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston birinchiligida ishtirok etmoqda.

Manba