41 190 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga chek qoʻyildi

    Bojxona organlari tomonidan maxsus aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlarini yurtimizga olib kirishga boʻlgan urinishlarni oldini olishga qaratilgan qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida ir qator tezkor tadbirlar amalga oshirildi.

    Tadbir davomida fuqaro boshqaruvidagi “GAZ” rusumli transport vositasidan “Isuzu” rusumli transport vositasiga qayta yuklanayotgan, tegishli hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 8600 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

    Mazkur tamaki mahsulotlarining qiymati 82,1 mln. soʻmni tashkil etmoqda.

    Navbatdagi holatda poytaxtimizdagi avtoturargohlardan birida yana bir “Isuzu” rusumli transport vositasi belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.

    Koʻzdan kechirish natijasida avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari boʻlmagan 4 turdagi jami qiymati 65,1 mln. soʻmlik 5600 quti tamaki maxsulotlari borligi aniklanib, ashyoviy dalil sifatida vaktincha saklovga olindi.

    Maʼlumot oʻrnida, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 6 ta holatda 438 mln.soʻmlik 41 190 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga chek qoʻyilgan.

    Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.