Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning dastlabki 6 oyida respublikamizda faoliyat yuritayotgan 1 172 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 44 960,3 milliard soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 2021-yilning:

-  yanvar oyida 6 820,2 milliard soʻm (fizik hajm indeksi103,9 foiz);

- yanvar-fevral oylarida 13 205,4 milliard soʻm (105,4 foiz);

 - yanvar-mart oylarida 20 658,3 milliard soʻm (107,9 foiz);

- yanvar-aprel oylarida 28 817,4 milliard soʻm (111,2 foiz);

- yanvar-may oylarida 36 080,2 milliard soʻm (111,7 foiz)ni tashkil etdi.

Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyati 50,4 foiz (31 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 39,5 foiz (137 ta), hamda Toshkent shahri 7,8 foiz (311 ta) hissasiga toʻgʻri keldi.