44 nafar elchi Qashqadaryoda boʻlib turibdi

    Qashqadaryoning investisiya, turistik salohiyati to'laligicha tanishtiriladi, yirik tadbirkorlik sub'ektlari hamda ziyorat turizmi maskanlariga 2 kunlik safar uyushtiriladi.

    Yurtimizning xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari vakillari tashrifni Abul Mo'yin Nasafiy majmuasini ziyorat qilishdan boshlashdi.

    Ularning safida BMT va YUNESKO vakolatxonalarining vakillari ham bor. elchilar viloyatning qaysi shahar va tumanlarida bo'lishi ko'zda tutilgan?

    Qarshi shahrida - Germaniya, Turkiya, Hindiston, AQSH, Fransiya va BMT vakillari;

    Qarshi tumanida - Rossiya, Xitoy va Isroil;

    Qamashi tumanida - Ozarbayjon va Xitoy;

    Shahrisabz shahrida - Turkiya, Qirg'iziston va YUNESKO vakili;

    Yakkabog' tumanida - Ozarbayjon, Bel`giya va Italiya;

    Dehqonobod tumanida - Bel`giya va Ukraina;

    Koson tumanida - Belarus`, Pol`sha va Latviya;

    Chiroqchi tumanida - Belarus`, Ispaniya, va BAA;

    G'uzor tumanida - Buyuk Britaniya, Malayziya va Eron;

    Mirishkor tumanida - Buyuk Britaniya va Indoneziya;

    Kasbi tumanida - Germaniya, Rossiya, Singapur va Ukraina;

    Shahrisabz tumanida - Indoneziya va Pokiston

    Kitob tumanida - Malayziya, Pol`sha, Saudiya Arabistoni va Tojikiston.

    Muborak tumanida - Misr, Eron, Quvayt va Qozog'iston;

    Nishon tumanida - Misr, Singapur, Yaponiya, Afg'oniston va Turkmaniston.