46 nafar madaniyat va sanʼat sohasi vakiliga “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni tantanali topshirildi

    Bugun, 25-dekabr kuni poytaxtdagi “Renessans kino uyi”da “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishonini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Unda, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, madaniyat vazirligi rahbariyati, markaziy apparati, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.

    Tadbirni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ochib berib nutq soʻzladi.

    «Inson qalbi, ongi va tafakkurini ezgu gʻoyalar asosida shakllantirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan siz – jonkuyar soha xodimlari faoliyatini har qancha eʼtirof etsak arziydi.
    Sizlar bilan birgalikda 2024-yilda juda koʻplab tadbirlarni muvaffaqiyatli oʻtkazdik.
    Mamlakatimizda nufuzli xalqaro anjumanlar, tanlovlar, festivallar, hududlarning madaniyat kunlari, xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston madaniyati kunlari, kino kunlari, mahallalar, qishloq va ovullarda madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
    Bularning barchasini bevosita sizlarning bilim va salohiyatingiz, isteʼdod va mahoratingiz, tajribangizga suyangan holda oʻtkazdik.
    Buning uchun barchangizga chin dildan minnatdorlik bildiraman.
    Shaxsan men sizlarning har biringizni fidoyi deb atagan boʻlardim. Chunki madaniyat va sanʼat sohasida faoliyat yuritish oson ish emas. Buni sohaning ichiga kirgan odamgina biladi. Shu maʼnoda, har biringiz men uchun fidoyisiz.
    Bugungi bayramona tadbir bahonasida fidoyi hamkasblarimizdan bir guruhini “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaymiz. Ushbu eʼtirofga sazovor boʻlganlarni chin dildan qutlab, yutuqlaringiz bardavom boʻlsin deyman» – dedi Ozodbek Nazarbekov.

    Soʻng, madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish, oʻzbek milliy madaniyati va sanʼati nufuzini jahon miqyosida oshirishda fidokorona mehnat qilgan, shuningdek, oʻzining koʻp yillik samarali mehnati bilan soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan hamda yuqoridagi tadbirlarning yuqori saviyada oʻtishida oʻz xizmati, mehnati, fidokorligi bilan ishtirok etgan madaniyat va sanʼat sohasi vakillarining 46 nafariga vazir Ozodbek Nazarbekov tomonidan “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni quyidagilarga tantanali topshirildi:

    Davletnazarova Almaxan Sharipovna — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumani madaniyat boʻlimi, Qoraoʻzak OFY madaniyat markazi direktori

    Boymirzayeva Maxpuzaxon Churanboyevna — Toshkent shahar Uchtepa tumani madaniyat boʻlimi “Durdona” xalq folklor etnografik jamoasi badiiy rahbari

    Jalilov Otabek Musurmonovich — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar madaniyat boʻlimi mudiri

    Babamuradova Raʼno Saidmurodovna — Surxondaryo viloyati koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasi Sariosiyo tuman filiali mudirasi

    Nam Natalya Andreyevna — Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi Mirobod tumani 4-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi xor oʻqituvchisi

    Umarov Mamur Botashikovich — Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti “Sanʼatshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi professori

    Azimov Maxmudjon Maxsutovich — Toshkent shahar shayxontoxur tumani 3-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi deriktori

    Abdullayev Dilmurod Ramazonovich — Navoiy viloyati “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi boʻlimi xodimi

    Xoʻjayev Dilmurod Bakiyevich — Buxoro viloyati “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi boʻlimi boshligʻi

    Zaripxan Kamilla Singatullayevna — Karim Zaripov nomidagi respublika estrada va sirk kolleji oʻqituvchisi

    Raxmanov Abdivali Xolikovich — Qashqadaryo viloyati Qoʻgʻirchoq teatri sahna nazoratchisi

    Xurramov Suxrob Numonovich — Oʻzbekiston davlat drama teatri aktyori

    Karabanova Yana Valentinovna — Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri bosh xormeysteri

    Mignarev Abduxalil Abdullayevich — Erkin ijodkor (Aktyor)

    Xolmirzayev Boir Mirzaaliyevich — Erkin ijodkor (Aktyor)

    Xalxudjayev Rustam Abduxalik oʻgʻli — Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Jizzax viloyat hududiy boʻlimi ikkinchi toifali artist-maqomchisi

    Abduvaxobov Obidjon Asatullayevich — Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Jizzax viloyat hududiy boʻlimi ikkinchi toifali artist-sozandasi

    Xasanova Farogʻat Valibayevna — Oʻzbek milliy moqom sanʼati markazi Jizzax viloyat hududiy boʻlimi toifasiz artist-maqomchisi

    Haydarov Qutlugʻ Hamdamovich — Oʻzbek milliy maqom sanati markazi Jizzax viloyat hududiy boʻlimi birinchi toifali artist-maqomchisi

    Abdullayev Doniyorbek Xayrullo oʻgʻli — Oʻzbek milliy maqom sanʼati Namangan viloyati hududiy boʻlimi badiiy rahbari

    Shoraximova Yorqinoy Maxmudovna — Oʻzbek milliy maqom sanʼati Namangan viloyati xududiy boʻlimi 2-toifali artist-maqomchisi

    Xoldorxujayev Orifxon Saidxujayevich — Oʻzbek milliy maqom sanʼati Namangan viloyati hududiy boʻlimi 2-toifali artist-maqomchisi

    Umarov Muzaffar Nuraliyevich — Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Sirdaryo viloyati hududiy boʻlimi 1-toifali artist maqomchisi

    Xudayberganov Kuvondik Egamovich — Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Sirdaryo viloyati hududiy boʻlimi 1-toifali artist maqomchisi

    Ibragimov Nuriddin Basimovich — Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Sirdaryo viloyati hududiy boʻlimi maqomchi sozandasi

    Gʻofurova Lutfiya Muradillayevna — Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Sirdaryo viloyati hududiy boʻlimi ikkinchi toifali artist maqomchisi

    Baxridinov Fayozjon Tojiboyevich — «Oʻzbek millliy maqom sanʼat markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimi — 2-toifali artist maqomchisi

    Toshov Umidjon Niyoz oʻgʻli — Oʻzbek millliy maqom sanʼat markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimi toifasiz artist maqomchisi

    Boymamatova Nozima Hamdam qizi —Oʻzbek millliy maqom sanʼat markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimi toifasiz artist sozandasi

    Abdullayev Eldor Nurjovovich — Oʻzbek millliy maqom sanʼat markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimi 2-toifali artist sozandasi

    Sabirov Matyakub Durdiyevich — Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Xorazm viloyati hududiy boʻlimi toifasiz toifali artist-sozandasi

    Allaberganov Shanazar Shamuratovich — Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Xorazm viloyati hududiy boʻlimi toifasiz toifali artist-sozandasi

    Niyazmetov Ganijan Jumanyazovich 2021-yil 26-oktyabrda vafot etgan. — Xorazm viloyati “Xorazm” maqomchilar ansambli sozandasi

    Raximova Imsinoy Xaytboyevna — Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Xorazm viloyati hududiy boʻlimi toifasiz artist-maqomchisi

    Akbarov Abdulla Makhsutalievich — Margʻilon shahar musiqali maqom teatri dramma artisti (askiya boʻyicha)

    Djabbarov Raxmatulla Mamatovich — Oʻzbekiston qirgʻiz milliy madaniy markazi raisi

    Mamedov Mobil Yakub-ogli — Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi raisi

    Masharipov Erkebay — Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

    teatr bezagi rangtasviri kafedrasi dotsenti, Badiiy ijodkorlar uyushmasi Rangtasvir shoʻbasi aʼzosi

    Kuldashev Kaxramon Abdukarimovich — Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi

    Djurayeva Gulchehra Sadikovna — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

    Kaxxorov Toxir Yuldashevich — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

    Xodjamberdiyeva Zamiraxon — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

    Mallabayev Avazbek Ganijanovich — Andijon davlat universiteti sanʼatshunoslik fakulteti “Musiqiy taʼlim” kafedrasi professori, bastakor

    Xolxoʻjayeva Nigora Xakimovna — Mehnat faxriysi, Erkin ijodkor

    Aliyeva Nazokat Shavkat qizi — Karim Zaripov nomidagi respublika estrada va sirk kolleji oʻqituvchisi

    Mahkamov Otabek Erkinovich — Erkin ijodkor

    Maʼlumot uchun, 2024-yil davomida “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni fidokorona mehnat qilgan 300 nafardan ortiq madaniyat va sanʼat sohasi vakillariga topshirilgan.