Innovatsion rivojlanish vazirligi  tomonidan yosh olimlarni Vengriya qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlar universitetiga hamda Turkiya Fanlar Akademiyasi va Turkiyaning “TUBITAK BILGEM” Informatika va axborot xavfsizligi markazi bilan hamkorlikda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida e'lon qilingan maqsadli tanlovlari va boshqa tanlovlar yakuniy natijalari e'lon qilindi.

Unga ko'ra, 46 nafar yosh olim yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar) qisqa muddatli ilmiy stajirovka o'taydi. Bu haqida Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.