Maʼlum boʻladiki, fuqaro A.U. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, uni 5 000 AQSH dollari evaziga Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda bergan. Tadbir davomida firibgar 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar, amaldagi qonunchilikka koʻra, minimal balldan kam ball toʻplagan abituriyentlarga oshirilgan toʻlov-kontrakt toʻlovini toʻlash sharti bilan oʻqishga kirish imkoniyati yaratilgan. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi, deya xabar qiladi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.