Tarkibida shakar mavjud boʻlgan shirin ichimliklardan koʻpchiligimiz oʻzimizni tiya olmaymiz, toʻgʻrisi, ular oʻziga tortaveradi. “Rersi” “Ays tea” kabi ichimliklar farzandlarimizning ham joni dili.
Bilasizmi, ana shu shirin ichimliklar markaziy asab tizimimizga salbiy taʼsir oʻtkazib, skleroz xastaligiga duchor etar ekan.
Amerika Nevrologiya akademiyasi olimlari shakar va shirin ichimliklar ustida izlanishlar olib borib, ularning yana bir inson salomatligi uchun xavfli jihatini aniqlashdi. Maʼlum boʻldiki, Skleroz autoimmunial surunkali xastalik hisoblanib, markaziy asab tizimining alohida obyektlari jabrlanishi oqibatida yuzaga keladi. Hozircha bu xastalikni toʻliq davolash usullari topilmagan. Sklerozga yoʻliqqanlar boshqalarga nisbatan 5-10 yil kam umr koʻrishi aniqlangan.
Oldinda qaynoq yoz fasli turibdi. Bu faslda ovqat oʻrniga ham suv isteʼmol qiladiganlar bor. Markaziy asab tizimimizni ehtiyot qilishni istasak, shirin ichimliklardan ehtiyot boʻlishimiz foydadan xoli emas.