5 294 mlrd soʻm mablagʻ qanday maqsadga yoʻnaltiriladi?

    Prezidentning “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini 2022-2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi muhokamaga joylashtirildi.

    Loyihada keltirilishicha, 2022-2026-yillarda davlat dasturiga 2 043 ta qishloq va mahalla tanlab olinishi rejalashtirilgan. 2022-yil esa dasturga 413 ta, xususan 323 ta qishloq, 90 ta mahalla kiritildi.

    Qayd etilishicha, joriy yilda dasturga kiritilgan hududlarning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirishga 5 294 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.

    Shuningdek, 2022-2026-yillar belgilangan hududlarda 5 276 km, jumladan 2022-yilda 1 319 km optik tolali aloqa tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshiriladi, deya maʼlum qilmoqda Xabar. uz

    Qaror loyihasi 2022-yilning 26-yanvariga qadar ochiq.