5 balli magnit bo‘ronlari kutilmoqda

    Bugun va ertaga kunning birinchi yarmida G3 darajali 5 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda.

    Magnit boʼroning G3 darajadagi yuqori faolligi tush paytigacha kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida, ovqatlanish ratsionlariga baliq va koʼkat mahsulotlarini kiritish, isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

    Magnit boʼronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomoni va peshonada kuchsiz ogʼrish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda koʼproq oʼtirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oraligʼida yuqoridagi omilni oʼzida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zoʼriqish tavsiya etilmaydi.

    Magnit boʼroni hodisasi haqida bu yerda toʼliq maʼlumot olishingiz mumkin.