Shu yilning 5-martidan boshlab Toshkent shahridagi ayrim avtobus yoʻnalishlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Oʻzgarishlar quyidagicha:

  • 29-sonli “Huvaydo mahallasi – Paxtakor metrosi” — Beruniy va Al-Xorazmiy koʻchalari kesishmasidan chapga burilib harakatlanadi.
  • 120-sonli “Chorsu metrosi – Guliston mahallasi” — Chorsu metrosidan Guliston mahallasiga borishda va qaytishda A. Navoiy koʻchasi orqali harakatlanadi.
  • 105-sonli “Sergeli qoʻrgʻoni – Chilonzor buyum bozori” — Xonabod koʻchasidan harakatlanadi, Ulgurji bozoriga kirmaydi.
  • 117-sonli “Toshkent quvur zavodi – Food City” — Toshkent quvur zavodidan kelishda Ulgurji bozori orqali harakatlanadi.
  • 154-sonli “Bobur mahallasi – Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi” — Bobur mahallasidan THAY va Yangi Sergeli koʻchalari orqali harakatlanadi.
  • 87-sonli “AI Xorazmiy mavzesi – Qoraqamish 2/4 mavzesi” — Guliston, Poygoh, Qurilish, Qovunchi koʻchalari orqali Chilonzor 30-dahasi bekatigacha harakatlanadi.
  • 17T-sonli “Bekobod mavzesi – Chilonzor buyum bozori” — Chilonzor buyum bozoridan kelishda Beshqayragʻoch, Bekobod, Istirohat koʻchalari orqali harakatlanadi.
  • 99-sonli “Suvsoz mavzesi – Farhod bozori” — Suvsoz mavzesidan kelishda Kichik halqa yoʻli, Lutfiy va Farhod koʻchalari orqali harakatlanadi.

Qayd etilishicha, mazkur oʻzgarishlarda yoʻlovchi oqimi va fuqarolar murojaatlari inobatga olingan.