Davlat statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 160,0 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 108,2 foizga teng.
Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga toʻgʻri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 81,6 foizni tashkil etdi.