Korxona faoliyatining asosiy faoliyati turar joy bino va inshootlarini qurish bitkazish boʻlib ustav fondi 500 000 000 soʻm etib belgilangan. Tadbirkor Ali Xaydar Xan rasmiy roʻyxatdan oʻtish davomida davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha oʻzining xolis fikrlarini bildirdi, deya xabar beradi DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi axborot xizmati.
Markazda koʻrsatilayotgan xizmatlar, chet el fuqarolariga va umuman, tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlarni koʻrib jarayonlarga yuksak baho berdi:
—5 yil avval bir muddat Oʻzbekistonda boʻlganman, — deydi tadbirkor Ali Xaydar Xan. — Oʻshanda logistika markazlarini qurish biznesi bilan shugʻullanmoqchi boʻlganman. Lekin yugur-yugurlar va tadbirkorlik bilan bogʻliq xujjatlarning chalkashligi sabab bu ishlarni toʻxtatishga majbur boʻlgan edik. Ayni damlarda esa davlat xizmatlarini olishda va koʻrsatilishida juda katta ijobiy yutuqlarga erishilganligining guvohi boʻlib turipman.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, shu kunga qadar Fargʻona viloyatida 79 ta xorij korxonalari hamda 209 dona xorijiy qoʻshma korxonalar rasman roʻyxatdan oʻtgan.