Joriy yilning 6-sentyabr kuni Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumanida joylashgan 4-tumanlararo roʻyxatlash va imtihon olish boʻlimiga Yangiyoʻl tumanida roʻyxatda turuvchi Kan Vitaliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun keladi.

Fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25- va 166-moddalaridagi jinoyatlarni sodir etib, unga sud qarori asosida “Qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va 01.09.2016-yildan buyon qidiruvda boʻlgan.

Kan Vitaliy haydovchilik guvohnomasini olish jarayonida Toshkent viloyati IIBB YHXB 4-TRIB boshligʻi, kapitan A.Toshpoʻlatov va Toshkent viloyati IIBB YHXB 4-TRIB qidiruv va surishtiruv inspektori serjant S.Avazov tomonidan qoʻlga olindi.