Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, yakuniy natijalarga koʻra:

Diyorbek Tolipov — Buxoro viloyati 5-IDUM oʻquvchisi kumush medal;

Olimjon Olimov — Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi oʻquvchisi bronza medalni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi oʻquvchisi Doniyor Ismoilov imtiyozli diplomni qoʻlga kiritdi.

Bu yilgi olimpiada 14-24-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasi tomonidan tashkillashtirildi. Unda dunyoning 110 davlatidan 623 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.