Unga koʻra, oʻsha paytda ob-havo maʼlumotini ikki hafta oldin taqdim etish mumkin boʻladi. Biroq, bu maksimal prognoz davrida ham har qanday yangi bilim va superkompyuterlar ob-havoni oxirigacha oldindan aniq aytib berishga imkon bermaydi, deya qoʻshimcha qildi u.
Vilfandning taʼkidlashicha, hozirgi kunda ob-havoni besh olti kungacha batafsil va sifatli prognoz qilish mumkin, xolos.
“Keyinchalik yangi kuzatuv asboblari, atmosferaning fizik qonunlari, 1 mm dan 1 ming km gacha boʻlgan oʻlchovlar borasida yangi bilimlar paydo boʻladi, hozirgiga qaraganda nihoyatda kuchli boʻlgan superkompyuterlar yaratiladi, ammo atmosfera tartibsiz moddadir. Dastlabki bashoratlar ishlarni shunga qarab rejalashtirishga imkon bermaydi”, deya tushuntirdi meteorolog.