50 yoshdan oshgandan so'ng, kunlik ratsionga don mahsulotlarini kiritish tavsiya etiladi, biroq ularni rafinadlangani emas, balki butun donli krekerlar shaklida engil tamaddi sifatida yoki sho'rva, pishloq bilan iste'mol qilish mumkin.
Bundan tashqari, yong'oq-bodom, keshyu, grek va o'rmon yong'oqlari, pista iste'mol qilish ham foydali. Ushbu mahsulotlar oqsil va foydali yog'larga to'la. Shuningdek, rezavorlar (qulupnay, malina, qorag'at, klyukva) ham organizmga foydali bo'ladi. Ularni yogurt, yoki smuzi bilan iste'mol qilish mumkin.
Garnir sifatida oq loviya eyish kerak. Va albatta sabzavotlar haqida ham unutmaslik lozim. Kraxmalga boy – kartoshka, no'xat va makkajo'xorilar tarkibida uglevodlar ko'p, ayniqsa, shirin kartoshka A vitaminiga to'yingan.