Inspektor karantin qoidalariga rioya qilmagani uchun viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markaziga olib bormaslik va qonuniy chora koʻrmaslik evaziga pora talab qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda inspektor M.A. fuqaro F.S. orqali 500 ming soʻmni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi.
Mazkur holat yuzasidan boshqarma inspektor M.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “a, g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.