Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga qabul qilingandi.
Qarorga muvofiq, Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yoʻllanmaga ega boʻlgan bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga yakka tartibdagi suhbat asosida 2-kursdan oʻqishga kirish huquqi belgilangan.
2022-yili Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yoʻllanmani qoʻlga kiritgan 51 nafar bitiruvchisi suhbat asosida Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi boʻldi.
Maʼlumot uchun, 2021-yilda 9 nafar oʻquvchilar TDYUU talabasi boʻlgan. Joriy yilda mazkur koʻrsatkich 6 baravarga oshdi, deb yozmoqda Adliya yangiliklari telegram kanali.