Markaziy Osiyo mamlakatlari delegatsiyalariga Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi oʻrinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Qirgʻiz Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Nuran Niyazaliyev boshchilik qildi. Tadbirda Amerika tomonidan AQSH Prezidentining Ichki xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall qatnashdi.

“5+1” shakli doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi, xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalari borasida fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.