52 ming tonnadan ziyod qovun, 10,6 million dollarga teng anor eksport qilindi

    Agrosektor 20 Oktabr 2020 1715

    Oʻzbekiston 17 ta davlatga 52 ming tonnadan ziyod qovun 16 ta davlatga 9,7 ming tonnadan ziyod anor eksport qildi.

    Joriy yilning oktyabr holatiga koʻra, qiymati 20,3 million dollarga teng boʻlgan 52 ming tonnadan ziyod qovun mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 32,4 ming tonnaga koʻp.

    Shuningdek, shu davr ichida qiymati 10,6 million dollarga teng boʻlgan 9,7 ming tonnadan ziyod anor mahsuloti jahon bozorida sotildi. Anor eksporti boʻyicha koʻrsatkich esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 ming tonnaga koʻp.

    Maʼlumot oʻrnida, yurtimiz dalalarida yetishtirilgan qovun mahsulotining eksporti boʻyicha Qozogʻiston 19,1 ming tonna koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Qirgʻizistonga 16,9 ming tonna, Rossiya Federatsiyasiga 6,1 ming tonna, Ukraina 3,9 ming tonna va Latviya 2,6 ming tonna qovun eksport qilingan.

    Anor mahsulotining eksporti boʻyicha ham Qozogʻiston 3 ming tonna koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Qirgʻizistonga 2,2 ming tonna va Rossiya Federatsiyasiga 2,4 ming tonna anor eksport qilingan, deb xabar beradi Qishloq xoʻjalik vazirligi matbuot xizmati.