52 ta bankomatlar nosoz holatda va ishlamayotgani, 107 ta bankomatda esa naqd pul yo'qligi qayd etildi

    50 ta bankomatning axborot xavfsizligi ta'minlamagan, videokuzatuv tizimlari yordamida nazoratga olinmagan.

    Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga ijtimoiy, moliya va aloqa xizmatlari sohasi bo'yicha kelib tushgan jami murojaatlar 2020 yilda jami murojaatlarning 12 foizini tashkil qilgan bo'lsa, 2021 yilda 15 foiz va 2022 yilda 17 foizga to'g'ri keladi.

    Murojaatlardan kelib chiqqan holda joriy yilda bankomatlar orqali iste'molchilarga bank xizmatlarini ko'rsatish holati yuzasidan o'rganish va tahlil o'tkazildi (bu may oyiga to'g'ri keladi).

    Respublikaning 127 ta hududida tijorat banklari tomonidan joylashtirilgan 1003 ta bankomat bo'yicha o'tkazilgan kuzatuvlarda, ularning 103 tasida bank nomi, ishonch telefon raqami va to'lov tizimi haqidagi ma'lumot yo'qligi aniqlangan.

    2 ta holatda 24/7 tunu-kun ishlovchi shahobchasi yopiqligi, 52 ta bankomatlar nosoz holatda va ishlamayotgani, 107 ta bankomatda naqd pul yo'qligi qayd etilgan. Yoki, 50 ta bankomatning axborot xavfsizligi ta'minlamagan holda videokuzatuv tizimlari yordamida nazoratga olinmagani hamda 52 tasining joylashgan holati qoniqarsizligi kuzatilgan. Markaziy bank bilan hamkorlikda Bankomatlarning talab darajasida muntazam ishlab turishini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.