54 yoshli oʻqituvchi marafonda birinchi oʻrinni egalladi

    Sport 18 Sentabr 2024 815

    Avstraliyaning Sidney shahrida Butunjahon yengil atletika federatsiyasining platinum darajasidagi “TCS Sydney Marathon” marafoni oʻtkazildi.

    Ahamiyatlisi, 50-54 yosh toifasidagi bellashuvlarda oʻzbekistonlik Dilfuza Allayarova birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

    54 yoshli hamyurtimiz masofani 2 soat 55 daqiqa 53 soniyada bosib oʻtishga muvaffaq boʻldi. Bu yosh toifasidan qatʼi nazar oʻzbekistonlik ayol marafonchilar tomonidan qayd etilgan eng yaxshi oʻninchi natija boʻldi.

    Allayarovaning bundan avvalgi shaxsiy rekordi 3 soat 1 daqiqaga teng boʻlib, Chikago marafonida oʻrnatilgan edi. Mutaxassisligi rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi boʻlgan ushbu hamyurtimiz Toshkent viloyatida istiqomat qiladi.