2022-yilning oʻtgan 5 oyi davomida Inspeksiya tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.5400 taga yaqin yangi qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalari davlat roʻyxatiga olindi.Ushbu texnikalarga 4 ming 100 tadan ortiq texnik pasport va davlat raqam belgisi hamda 1 ming 300 taga yaqin texnik guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Idoralararo elektron maʼlumotlar aylanishini taʼminlash maqsadida, respublikadagi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalarining yagona axborot tizimi bilan Davlat soliq inspeksiyasi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” ning “E-auksion” elektron savdo platformasi, Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimlari bilan integratsiya qilindi.

Shuningdek, Adliya vazirligining “Notarius” axboroti tizimi Maxallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi “Onlayn maxalla” axborot tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Natijada, maʼlumotlar real vaqt rejimida inson faktori aralashmagan holda axborot almashinishi yoʻlga qoʻyildi.

Qishloq xoʻjaligi melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining texnik koʻrikdan oʻtkazishda Yangi mobil xizmati, yaʼni texnika egalarining murojaatlari asosida, texnikani turgan joyiga chiqqan holda, zamonaviy texnik koʻrik jihozlari yordamida texnik koʻrikdan oʻtkazish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalari mulk egalariga texnik koʻrik muddati kelganligini xabardor etish maqsadida “SMS xabarnoma” dasturi ishga tushirildi. Bularning natijasida 98 mingdan ortiq qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalari texnik koʻrikdan oʻtkazildi.

Davlat xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga yanada qulaylik yaratish maqsadida koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, traktorchi-mashinistlarni tayyorlash soxasida shaffoflikni taʼminlash hamda raqamli texnologiyalarni qoʻllash maqsadida, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalarini boshqarish xuquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi berish axborot tizim ishlab chiqilib ishga tushirildi.

Shuningdek, respublika boʻyicha 218 ta traktorchi-mashinistlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv maassasalarida oʻqiyotgan 7650 ta fuqarolar elektron roʻyxatga olinib, ularning oʻquv jarayoni elektron kuzatib borilmoqda. Umuman olganda, sohani raqamlashtirish orqali jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatishni yangi darajaga olib chiqish boʻyicha ishlar yuqori surʼatda davom ettirilmoqda.