Unda muhim yangiliklardan biri Respublika miqyosida 56 nafar “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan yoshlar vatanparvar tashkilotiga B C toifadagi haydovchilik yoʻnalishi boʻyicha  3 oy davomida bepul oʻqitiladigan boʻldi. 

Qashqadaryo viloyati boʻyicha esa 4 nafar yoshlar ana shunday imkoniyatga ega boʻldi. Ular orasida Kasbi tumani Pandiron qishlogʻilik 19 yoshli Ahmadjon Jahongirov ham bor. 
— Nasib etsa bu ishonchni oqlayman va haydovchilik guvohnomasini olgach, biror tashkilotga ishga kirib, fidoyilik bilan mehnat qilishga bel bogʻlayman, — deydi Ahmadjon Jahongirov.

Vatanparvar tashkiloti mutasaddilarining aytishicha, ushbu ezgu anʼana bundan keyin ham davom etadi.