584 mingga yaqin pensioner rasman ishlamoqda

    Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi pensiya yoshida ham mehnat faoliyatini davom ettirayotgan ishchi-xodimlarga oid muhim statistikani eʼlon qildi.

    “Yagona milliy mehnat tizimi”dan olingan maʼlumotlarga koʻra, 27-avgust holatiga rasman ishlayotgan pensionerlar soni 583 785 nafarni tashkil etmoqda.

    Ularning 235 140 nafari(40,3 foiz) erkaklar tashkil qilsa, 348 645 nafari (59,7 foizi) esa ayollardir.

    Qaysi sektorda koʻproq:

    ▪️Davlat tashkilotlarida – 243 588 nafar (41,7%);

    ▪️Xususiy sektorda – 340 197 nafar (58,3%).

    Hududlar kesimida TOP-5:

    ▪️Toshkent shahri – 98 706 nafar (16,9%);

    ▪️Toshkent viloyati – 55 030 nafar (9,4%);

    ▪️Samarqand viloyati – 50 429 nafar (8,6%);

    ▪️Andijon viloyati – 49 102 nafar (8,4%);

    ▪️Fargʻona viloyati – 48 912 nafar (8,3%).