“Yagona milliy mehnat tizimi”dan olingan maʼlumotlarga koʻra, 27-avgust holatiga rasman ishlayotgan pensionerlar soni 583 785 nafarni tashkil etmoqda.

Ularning 235 140 nafari(40,3 foiz) erkaklar tashkil qilsa, 348 645 nafari (59,7 foizi) esa ayollardir.

Qaysi sektorda koʻproq:

▪️Davlat tashkilotlarida – 243 588 nafar (41,7%);

▪️Xususiy sektorda – 340 197 nafar (58,3%).

Hududlar kesimida TOP-5:

▪️Toshkent shahri – 98 706 nafar (16,9%);

▪️Toshkent viloyati – 55 030 nafar (9,4%);

▪️Samarqand viloyati – 50 429 nafar (8,6%);

▪️Andijon viloyati – 49 102 nafar (8,4%);

▪️Fargʻona viloyati – 48 912 nafar (8,3%).