6-13-oktyabr kunlari Toshkentda dzyudo boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladi

    Sport 4 Oktabr 2022 1151

    6-13-oktyabr kunlari Toshkentda dzyudo boʻyicha sovrin jamgʻarmasi 1 mln yevro boʻlgan jahon chempionati oʻtkaziladi

    Oʻzbekiston ilk bor dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Bellashuvlar Toshkentdagi Humo Arena saroyida boʻlib oʻtadi.

    Umumiy mukofot jamgʻarmasi 1 mln yevroni tashkil qiluvchi XXXV jahon chempionatida dunyoning 87 davlatidan jami 584 nafar dzyudochi 14 ta vazn toifasida medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasining qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi.

    Musobaqada ishtirok etuvchi barcha mamlakatlar terma jamoalari, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari poytaxtimizga yetib kelishgan.