Tanaffusdan so‘ng tatamiga qaytgan hamyurtimiz musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, barcha bellashuvlarini muddatidan avval ippon bahosi bilan yakunladi.

-52 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan dzyudochimiz finalda ozarbayjonlik Farida Mirzayeva­ni mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Ushbu natija Diyora Keldiyorovaga xalqaro reyting uchun 100 ochko taqdim etdi.