6-oktyabr kuni uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

    “Oʻzgidromet” xabariga koʻra, ertaga Respublika boʻylab havo biroz bulutli boʻladi, faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatining baʼzi joylarida kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi mumkin.

    Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

    Unga koʻra, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14°, kunduzi 22-24° boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

    Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi.

    Qashqadaryo viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° boʻladi.

    Surxondaryo viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

    Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi.

    Togʻ oldi va togʻli hududlar; havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin, baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° boʻladi.