Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

Unga koʻra, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14°, kunduzi 22-24° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Qashqadaryo viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Surxondaryo viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Togʻ oldi va togʻli hududlar; havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin, baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° boʻladi.