Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portalida keltirilgan.
Qayd etilishicha, shu yilning yanvar iyun oylarida avtokonsernning asosiy moliyaviy koʻrsatkichlari quyidagicha boʻlgan:
Sof tushum: 23,4 trln soʻm (oʻtgan yilga nisbatan +6,4 foiz);
Sotilgan mahsulot tannarxi: 18,97 trln soʻm (oʻtgan yilga nisbatan -1,1 foiz);
Yalpi foyda: 4,45 trln soʻm (oʻtgan yilga nisbatan +56,6 foiz);
Operatsion xarajatlar: 2,39 trln soʻm (oʻtgan yilga nisbatan +30,3 foiz);
Sof foyda: 1,91 trln soʻm (oʻtgan yilga nisbatan +65 foiz);
Taqsimlanmagan foyda: 8,54 trln soʻm (oʻtgan yilga nisbatan +28,8 foiz).
Maʼlumotlarga koʻra, “UzAuto Motors”ning uzoq muddatli bank kreditlari 1,8 trln soʻmni, uzoq muddatli qarzlar 3,8 trln soʻmni tashkil etgan. Qisqa muddatli kreditlar 569,1 mlrddan 0,2 mlrd soʻmga kamaygan.