6 yoshli qizchani aldab, ziraklarini oʻgʻirlab ketgan ayol qoʻlga olindi

    U qizchadan ziraklarini tomosha qilish uchun berib turishini soʻragan

    Toshkentda joriy yilning 12-iyun kuni nomaʼlum ayol koʻchada oʻynab yurgan qizni oldiga kelib, undan ziraklarini tomosha qilish uchun berib turishini soʻragan. Biroq ayol ziraklarni qaytarib bermay, darhol gʻoyib boʻlgan. Shundan soʻng qizning onasi tuman IIBga qiymati 100 AQSH dollari boʻlgan ziraklar oʻgʻirlab ketilganligi yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.

    Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 35 yoshli Dilnoza B. aniqlanib, qoʻlga olindi. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“Oʻgʻrilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

    Hurmatli ota-onalar! Hushyor boʻling, bolalaringizni qarovsiz qoldirmang va ularga notanish odamlar bilan muloqotga kirishmaslik hamda buyumlarini bermasligi haqida tushuntiring, deya ogohlantirmoqda Toshkent shahar IIBB