60 metr pastlikka tushib ketgan yo'lovchining ahvoli qanday?

    Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar etib borib, maxsus texnikalar yordamida jabrlangan fuqaroni pastlikdan olib chiqishdi va tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirishdi.

    Keyingi paytlarda ko'plab avtohalokatlar haqida eshitib, o'lim holatlaridan qayg'uga tushyapmiz. Ammo ehtiyotsizlik tufayli mashina ishtirokisiz ham Qamchiq dovonida jabrlanish holati yuz berdi.Qanday qilib deysizmi?

    Ogoh.uz rasmiy kanalining ma'lum qilishicha, bugun, 24 iyul` kuni soat 05:40da “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong'in-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatiga A-373 “M-39 Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon va Andijon orqali – O'sh” avtomobil` yo'lining 234-kilometrida fuqaroning pastlikka tushib ketgani to'g'risida xabar berilib, yordam so'ralgan.

    Aniqlanishicha, “Toshkent-Vodiy” yo'nalishida to'xtab turgan “Neksiya” rusumli avtomashina yo'lovchisi yo'lning chekka qismida extiyotsizligi sababli taxminan 50-60 metr pastlikka tushib ketib, turli darajada tan jarohatlari olgan.

    Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar etib borib, maxsus texnikalar yordamida jabrlangan fuqaroni pastlikdan olib chiqishdi va tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirishdi.

    Ayni vaqtda jabrlanuvchiga Namangan viloyati Pop tumani markaziy shifoxonasi xodimlari tomonidan malakali tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Hozirda uning axvoli o'rta darajada deb baholangan.