The Hill nashrining xabar berishicha, Delaver, Massachusets, Nyu-York, Nyu-Jersi, Pensilvaniya va Rod-Aylend shtatlari favqulodda holat e'lon qildi.
Shuningdek, noqulay ob-havo sharoiti tufayli AQSH Kongressining har ikki palatasi turli tashabbuslar bo'yicha ovoz berish jarayonini seshanba kuniga qoldirdi.
Avvalroq Nyu-York shahri meri Zohran Mamdani shahar aholisini yaqinlashayotgan qor bo'roni hamda qor uyumlari sabab yo'llarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar haqida ogohlantirgan edi.