Tadbir davomida “O‘rtaovul oltin g‘isht” MCHJga qarashli Yangiyo‘l tumani, “U. Musayev” MFY hududida joylashgan pishgan g‘isht ishlab chiqarish syexi ko‘zdan kechirilganida, muqaddam 2020 yil sentyabr oyida gaz ta’minoti tarmog‘idan uzilib, quvurlari demontaj qilinganligiga qaramasdan gaz hisoblagich o‘rnatmagan holda o‘g‘rincha tabiiy gazdan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Hisob-kitoblarga asosan, mazkur korxona tomonidan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 12 mlrd 586 mln 373 ming so‘mni yoki yoz mavsumida 63 mingta xonadonni bir oylik iste’moliga teng bo‘lgan tabiiy gaz talon-taroj qilingani ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda “O‘zneftgazinspeksiya” axborot xizmati.