“Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mutaxassislari tomonidan “Qayroq” suv nasos stansiyasiga dastavval, 35 kVli yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻini tortish uchun 20 dona tayanch oʻrnatilishi boshlanib, shundan 17 dona metall anker va 3 dona temir-beton tayanch oʻrnatildi. Hududga 2,9 km uzunlikda yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻi tortildi.

Dasturga koʻra, ishga tushirilishi rejalashtirilgan 2 dona har birining quvvati 6300 kVA boʻlgan kuch transformatoriga ega nimstansiya foydalanishga topshirildi.

Qayroq massividagi 1 448 gektar yaylov maydonni oʻzlashtirish uchun ikki koʻtarmali “Qayroq” nasos stansiyasi qurilishi tumanda 3000 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratilishini taʼminlaydi.