Navoiy viloyatida 2020-yilning 9 oyi mobaynida 121 229 davlat xizmati koʻrsatilgan boʻlib, mazkur murojaatlarning 388 tasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan qonun buzilishi holati aniqlangan.

DXA Navoiy viloyati boshqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, davlat xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlari mansabdor va masʼul xodimlarining 61 nafariga nisbatan maʼmuriy bayonnoma toʻldirilgan, 64 nafari esa maʼmuriy jazoga tortilgan.

Oʻz vazifasiga eʼtiborsizlik bilan qaragan 18 nafar xodimga nisbatan intizomiy choralar qoʻllanilgan.