— “Biz Janubiy Koreya bilan ilgari bitta tizim boʻyicha ishlardik — 4 yilu 10 oyga malaka talab etilmaydigan ishlar uchun yurtdoshlarimizni yuborar edik. Bu yildan boshlab yangi sistema boʻyicha ishlay boshladik. Bu tizim biz uchun ham, ular uchun yangilik. Yaʼni, qishloq xoʻjaligi sohasida mehnat qilish uchun besh oy muddatga ishchilarni yuborishni yoʻlga qoʻydik, — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi Xayrulla Umarov. — Bundan tashqari, Kanadaning ikki yirik kompaniyasi bilan memorandum imzoladik. Ushbu mamlakatning ikki yirik kompaniyasiga ishchilar yuborish harakatidamiz. Shuningdek, Germaniyada boʻlib turgan yurtdoshlarimiz ham oʻqib, ham ishlashi uchun sharoit yaratish ustida ish olib boryapmiz”.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi maʼlum qilishicha, «Bugungi kunda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xususiy bandlik agentliklari reyestridan 106 ta yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ulardan 78 tasiga xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya taqdim etilgan.

Oʻtgan davr mobaynida 65 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilinib, ularning soni bugungi kunda 13 tani tashkil etmoqda. 13 taning 5 tasi faoliyat yuritmoqda, 8 tasining jamgʻarma puli shakllantirgunga qadar faoliyati toʻxtatilgan.

2019-2020-yillarda XBAlarning saʼy-harakati natijasida 3 ming 300 ga yaqin fuqaro Rossiya, Turkiya kabi davlatlarga qonuniy tarzda ishga joylashtirildi. Biroq, xususiy bandlik agentliklari tomonidan litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlari uchramoqda».