“Telegram” messenjeri hamda “Facebook” ijtimoiy tarmogʻi orqali “Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ” nomidan foydalanib tarqatilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan barcha ota-onalarga 650 ming soʻmdan yordam koʻrsatilsin” mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo ularga ishonmang.
Ushbu xabarlar yolgʻon. Ehtiyot boʻling firibgarlarning tuzogʻiga tushib qolmang, deya ogohlantimoqda Kiberxavfsizlik markazi.