Qaror bilan 66 ta davlat unitar korxonalari davlat muassasalari sifatida, 73 ta davlat unitar korxonalari filial sifatida qayta tashkil etildi.
Shuningdek, istiqbolsiz, faoliyat ko‘rsatmayotgan, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli 454 ta korxonalar belgilangan tartibda tugatiladi.
2022 yildan har yili 1 noyabrga qadar korxonalarda davlat ulushini saqlash tanqidiy ko‘rib chiqiladi va ularni sotish, tugatish yoki qayta tashkil etish bo‘yicha Hukumatga takliflar kiritiladi.