“2021-yilda «Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida, jami 3 400 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari va 383 ta ichimlik va oqova suv inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish rejalshtirilgan.

Bugungi kunda 353 ta obyektning loyihalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda va bir vaqtning oʻzida qurilish- montaj ishlari boshlangan.

Ushbu dasturlar doirasida qurilish-montaj ishlari joriy yilning avgust oyining oxirigacha yakunlanib, obyektlarni foydalanishga topshirilishi rejalashtirib olindi.

Natijada 963 ming nafar aholining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanib, 673 mingdan ortiq aholi ilk bor toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi».