Tadbir davomida Xovos tumani hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Mirzacho‘l kanalidan fuqaro T.X. va A.L. taqiqlangan ov qurollari yordamida (elektr qarmoq) noqonuniy ravishda 9 turdagi 68 dona baliqlarni ovlagani aniqlandi.
Taʼkidlanishicha, noqonuniy ov oqibatida hayvonot dunyosiga jami 47 million 160 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani maʼlum bo‘ldi.
Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar prokuratura organiga yuborildi.