Ertaga kechasi va ertalab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi.

Yakshanba kuni faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomgʻir yogʻadi.

Dam olish kunlari harorat kechalari 7-12 daraja, kunduz kunlari 22-27 darajani tashkil etadi.

7-9-aprelda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 7-aprelda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baland togʻlarda (2000 m dan yuqori) yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

Poytaxtimizda: bugun vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi, doʻl yogʻishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-18 daraja boʻladi.

Shanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Yakshanba kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja boʻladi.