Jumladan, joriy yilning 9-avgust kuni “Goʻzalkent” mahallasida boʻlib oʻtgan sayyor sud jarayonida ham jinoyat ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahar sudi tomonidan Probatsiya xizmati hisobida turgan 7 nafar nazorat ostidagi shaxslar muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.
Biroq, berilgan imkoniyatdan toʻgʻri foydalanmasdan, tayinlangan jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlab yurgan shaxslar ham yoʻq emas. Ana shunday nazoratdagi shaxslar orasidan bir nafarini oʻtalmay qolgan jazo muddati, jazoning ogʻirroq turiga, yaʼni ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Shu kuni Kattaqoʻrgʻon shahar Probatsiya guruhi va aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hamkorligida oʻtkazilgan “Ishga marhamat” tadbiriga jalb qilingan 20 nafardan ziyod nazoratdagi shaxslarning 2 nafari ish bilan taʼminlandi, deya xabar beradi Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.