Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 2,1 million AQSH dollariga teng boʻlgan 4,2 ming tonna apelsin import qilingan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 ming tonnaga koʻp.
2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston apelsin import qilgan davlatlar:
Turkiya – 2,3 ming tonna;
Misr – 1,7 ming tonna;
Qozogʻiston – 128,2 tonna;
Xitoy – 70,9 tonna;
JAR – 47,0 tonna;
Eron – 22,2 tonna;
Rossiya – 16,0 tonna;
Qirgʻiz R. – 0,9 tonna.