Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga xorijdan 432 ta elektromobil import qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 364 taga koʻp.
2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?
Xitoy – 388 ta;
Turkiya – 24 ta;
AQSH – 6 ta;
Koreya – 5 ta;
Germaniya – 4 ta;
Litva – 1 ta;
Ispaniya – 1 ta;
Rossiya – 1 ta;
Gongkong – 1 ta;
BAA – 1 ta.
2021-yilning yanvar-iyul oylarida import qilingan elektromobillar uchun 7,7 million AQSH dollari sarflangan.