Jumladan, yanvar oyi boʻyicha 46 million 80 ming dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan edi. Amalda esa 71 million 70 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi. Reja esa 154,2 foizga bajarilgan.

Mahsulotlar kesimida qaraydigan boʻlsak, 5 ming 80 tonna mis mahsulotlari importyorlarga yetkazib berilgan. Reja esa 123,9 foizga uddalangan. Mis katodi eksportida ham yuqori samaradorlikka erishilgan. Reja 143,1 foizga bajarilgan holda 5 ming 9 tonna ushbu mahsulot xaridorlarga yuborilgan.

Yana bir yuqori samaradorlik rux mahsulotlarining eksportida ham kuzatilgan. Xususan, ushbu yoʻnalishda reja 198,7 foizga uddalangan. 4 ming 967 tonna rux mahsulotlari importyorlarga yetkazib berilgan.

Mis kuporosi, kadmiy, volfram, sement, molibden mahsulotlari, qoʻrgʻoshin konsentrati kabi mahsulotlar eksportida ham koʻzlangan natijaga erishilgan.

Aytish lozimki, OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozogʻiston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston va Afgʻoniston kabi davlatlarga sotilmoqda.

Olmaliq kon-metallurgiya

kombinati axborot xizmati.