76 mln oʻram dori vositalari roʻyxatdan oʻtkazilmay muvofiqlik sertifikatlari berildi

    Mamlakatimizda 2 Fevral 2021 764

    Bu haqda AOKAda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi mutasaddilari bilan boʻlib oʻtayotgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

    2020-yil pandemiyaga qaramay, 8,3 mlrd. soʻmlik 72 ta yangi nomdagi mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Hozirgi kunda, chakana savdo bilan shugʻullanayotgan dorixonalar va ularning filiallari soni 13957 tani tashkil etmoqda.

    Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirishga qaratilgan xususiy va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar ulushini oshirish va 2021-yilda Davlat investitsiya dasturi doirasida 14 ta investitsiya loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.