Standart yoʻnalishda oʻtgan musobaqada qizlar oʻrtasida toshkentlik Nilufar Muhitdinovaga teng keladigan raqib topilmadi. U 9 imkoniyatdan 8 ochko jamgʻardi. Shu yosh toifasidagi oʻgʻil bolalar oʻrtasida esa Toshkent viloyati vakili Ibrohim Jumanazarov 8,5 ochko bilan mutlaq gʻalabaga erishdi.

10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi bahslarda Mohinur Hikmatxonova (Toshkent sh.) 8,5 ochko bilan 1-oʻrinni egallagan boʻlsa, oʻgʻil bolalar oʻrtasida gʻoliblik Botiraliyev Abdumajid (Andijon)ga nasib etdi. U 7 ochko jamgʻardi.

Nihoyat 12 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida kutilganidek Liliya Belaya gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. U yakunda 7,5 ochko jamgʻarishga erishdi. Shu yosh toifasidagi oʻgʻil bolalar oʻrtasida Javohir Bozorov (Toshkent) qoʻshimcha koeffitsiyentlarga koʻra Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi. Boisi, uning tengdoshi Kamronbek Abdullayev (Toshkent vil.) ham shuncha ochko jamgʻargan edi.

Rapid yoʻnalishida oʻtgan musobaqalarda oʻz yosh toifalarida quyidagi yosh shaxmatchilar gʻolib chiqishdi: Botirova Musharraf (Buxoro), Abrorova Zaynura (Toshkent), Jumayeva Malika (Sirdaryo), Jumanazarov Ibrohim (Toshkent vil.), Botiraliyev Abdumajid (Andijon), Bozorov Javohir (Toshkent).

Blis yoʻnalishidagi bahslar ham oʻta murosasiz kechib, unda quyidagi shaxmatchilar oʻz yosh toifasida chempion boʻldi: Mahmudova Nilufar (Navoiy), Yurchenko Aleksandra (Toshkent), Imomqoʻziyeva Nilufarxon (Toshkent), Eshpoʻlatov Islombek (Qashqadaryo), Botiraliyev Abdumajid (Andijon), Azizov Saʼdullo (Toshkent).

Turizm va sport vazirligi axborot xizmati